Kunlardan birida Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga to‘rt kishi shikoyat qilib keldi. Ulardan biri qurg‘oqchilikdan, boshqasi qashshoqlikdan, uchinchisi befarzandlikdan, so‘nggisi esa hosilning yo‘qligidan qanday qutilish mumkinligi haqida maslahat so‘radi.
Shunda Hasan Basriy rahmatullohi alayh ularga yuzlanib:
-"Tavba qiling", – dedi.
Haligi odamlar hayron bo‘lib:
-"Ey solih, bizning muammolarimiz turlicha bo‘lsa, sen bizga bir xil maslahat berding”, – deyishdi.
So‘ngra Hasan Basriy rahmatullohi alayh Allohning kalomi Qur’oni karimning ushbu oyatini tilovat qildi: Bas, dedimki: «Robbingizdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, U (bandalariga nisbatan) o‘ta kechirimli Zotdir. (Shunda, ya’ni istig‘for aytsangiz) ustingizga osmondan (barakali) yomg‘ir yog‘dirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog‘lar (barpo) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur (Nuh, 10-12).
Darhaqiqat, xolis tavba bandaga ko‘plab foyda keltiradi. Tavba qiluvchi uchun Alloh taolo bu dunyo va oxiratda ajrini tayyorlab qo‘ygan. Albatta, Alloh bandalariga nima yaxshi ekanini yaxshi biladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi