Uyga halol rizq topib borish kerak. Jamiyatda tarqab qolgan, quloqqa chalingan gaplardan biri shuki, ba’zi johil kimsalar odamlarni aldab, pulini eb ketib, keyin bir marta hajga borsam, gunohlarim yuviladi deb o‘ylab yurishgan ekan.
Yoshlikda, kuch-quvvat borida ana shunday gunoh ishlarni qilib yurib, keyin qariganda hajga borib kelsam, onadan tug‘ilganday bo‘lib qolaman deb yurgan yoshlar ham bor ekan. Gunohni qilib-qilib, keyin hajga borar ekan-da, keyin yana boshlar ekan. Keyin yana bir borib kelar emish, oxirgisidan keyin bu ishni to‘xtatar emish, chunki ancha o‘ziga kelib olgan bo‘lar emish.
Shunday johil, nodon odamlar bor ekan oramizda. Shu tushunchasi bilan masjidga qatnab yuribdi. Ammo odamlarni ishontirish uchun, o‘zini namozxon qilib ko‘rsatish uchun qatnayapti. Bundaylarga aytib qo‘yishimiz kerakki, bilib turib qilingan gunohni Alloh kechirmaydi, aksincha, uning azobi juda qattiq bo‘ladi. Bilmay qilgan bo‘lsa, Alloh kechirsa-kechirar, O‘ziga havola. Ammo qasddan qilingan gunohdan O‘zi asrasin!
Rahmatulloh SAYFUDDINOV,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi
Manba: muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi