13:25 / 27.03.2019
5 020

Inson 18 yoshda toʻla voyaga yetmaydi

Inson 18 yoshda toʻla voyaga yetmaydi
Inson miyasini tadqiq qiluvchi olimlarga koʻra, odamlar 30 yoshga qadar toʻla “voyaga yetmaydi.” Aksar davlatlar qonunchiligida 18 yoshga kirgan shaxs balogʻatga yetgan hisoblanadi.

Olimlar har bir shaxs turlicha yoshlarda voyaga yetishini aytmoqda, deb yozmoqda Uz24.uz.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar 18 yoshda ham miyadagi oʻzgarishlarni boshdan kechirishda davom etadi va bu oʻzgarishlar ularning xulq-atvoriga taʼsir koʻrsatadi.

Kembrij Universitetidan professor Piter Jones bolalikdan chiqib, katta odamga aylanish jarayoni hammada har xil kechishi va bu jarayon 30 yildan koʻproq davom etishini taʼkidlaydi.

Professorning soʻzlariga koʻra, balogʻatga yetishni aynan maʼlum bir yoshga bogʻlab qoʻyish ongli qaror emas.
Uning taxmin qilishicha, maorif, sogʻliqni saqlash va qonunchilik kabi tizimlar voyaga yetish tushunchasini qulay usulda oʻziga moslab olgan.

18 yoshga toʻlgan shaxs saylovda ishtirok etishi, alkogol sotib olishi, kreditga ariza berishi mumkin. Shuningdek, huquq-tartibot tizimlari bilan muammo chiqqanda, unga katta odamdek munosabatda boʻlinadi.

Shunga qaramay, professor Jones tajribali sudyalarning 19 yashar sudlanuvchi va yoshi 30 dan oshgan “xavfli jinoyatchi” oʻrtasidagi farqni yaxshi anglay olishiga ishonishini aytadi.
“Menimcha, tizim bizning nigohdan yashirin haqiqatga moslashib bormoqda,” deydi u.

Professor Jones bolalikdan balogʻat davriga oʻtish jarayonini “gʻumbakning kapalakka aylanishi”ga qiyoslaydi va odamlar bu jarayonni xush koʻrmasligini taʼkidlaydi.
“Bolalik va kattalik davri mavjud emas. Odamlarda voyaga yetish jarayoni tinimsiz davom etaveradi.”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson 18 yoshda toʻla voyaga yetmaydi