Quloqchin quloqlaringizga jiddiy zarar keltirishini bilasizmi?

  • 06 dekabr 2019, 11:47
  • 876
  • Hayot tarzi
  • Quloqchin quloqlaringizga jiddiy zarar keltirishini bilasizmi?
    Hozirgi kunda ko‘pchilik insonlar quloqchinlarda musiqa tinglamasdan turolmaydigan bo‘lib qolishgan. Uning zararidan ba’zilar boxabar, ba’zilar esa aksincha. "Ko‘p quloqchinda musiqa tinglayverma, kar bo‘lib qolasan" degan gap haqiqatga qanchalik yaqin? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

    Baland musiqa tinglash natijasida yuzaga keladigan xavf - bu yangi tushuncha emas. Yoshlar bundan 40 yil oldin ham baland musiqa tinglab kelishgan. Ammo hozirgi kunga kelib, bunday yoshlarning soni tobora ko‘payib bormoqda. Baland ovozda musiqa tinglash ularning eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar keltiryapti.

    Olimlarning ta’kidlashicha, atrofdagi boshqa tovushlarni blokirovka qilib qo‘yishga asosiy sabab bu - quloqchinlar orqali uzatiladigan tovushni haddan ziyod baland darajaga ko‘tarish. Sizga bu qanchalik baland ekanligini tushuntirish uchun keling, taqqoslab ko‘raylik. Mototsikl dvigateli 100 detsibelda va elektr arra ham taxminan bir xil hajmda ishlaydi.

    Ular baland, yoqimsiz shovqinlar bo‘lib, quloqlarimizga zarar yetkazishi va bir necha soatlab garang qilib qo‘yishi mumkin.

    70% ovoz bilan ishlaydigan musiqa pleyeri bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, musiqa pleyeri 85 detsibel tovushni chiqaradi. Ushbu tovushlar sizning quloqlaringizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangraydi va bu ta’sirni yanada kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida insonning kar bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

    To‘g‘ri, musiqa eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ammo har narsaning ham me’yori bo‘lgani kabi, musiqa tinglashni ham me’yordan oshirmasak, salomatligimiz uchun foyda keltirar edi.

    » » Quloqchin quloqlaringizga jiddiy zarar keltirishini bilasizmi?