Tuz haqida qiziqarli maʼlumotlar

  • 06 dekabr 2019, 08:58
  • 1 484
  • Hayot tarzi
  • Tuz haqida qiziqarli maʼlumotlar
    1. Bir vaqtlar tuz qimmatbaho tovar hisoblangan
    Ilgari tuz bugungi kundagi kabi serob bo‘lmagan. Odamlar uni oq oltin deb atashgan. Hatto XX asrning boshlarida Efiopiyada pul birligi sifatida tuz qabul qilingan.

    2. Tuz burgalardan qutilishning yaxshi yo‘li!
    Ko‘pincha burga va boshqa zararkunandalarga uy hayvonlari sabab bo‘ladi, bunday holatda gilamga bir chimdim tuz yetarli, barcha burgalar o‘ladi.


    3. Inglizcha “salary” - ish haqi so‘zi tuz, ya’ni “salt” so‘zidan kelib chiqqan
    Qadimda Rim askarlariga qilgan mehnatlariga pul evaziga tuz berilgan. Chunki o‘sha paytda tuz qimmat bo‘lgan.

    4. Biz atigi 7% tuzni iste’mol qilamiz
    7% tuz iste’mol qilinadi, qolgan 93% tuz kimyo sanoatida ishlatiladi.


    5. Me’yordan ortiq tuz iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin
    Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, inson vazni qancha bo‘lsa, shuncha miqdordagi tuz inson umrining zavoli bo‘lishi mumkin. Qadimgi Xitoyda ham o‘z joniga qasd qilish uchun tuzdan foydalanilganligi haqiqat.


    6. Kuniga 1 osh qoshiq tuz iste’molga tavsiya etiladi
    Kundalik ovqatlanishimizda tuzning miqdoriga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Iloji boricha sho‘r narsalardan uzoq turganimiz maqsadga muvofiq.
    Kosher tuzi va dengiz tuzi yaxshiroq deyishadi, chunki ular tarkibida kam natriy bor. Ammo bu to‘g‘ri emas, barcha turdagi tuzlar bir xil miqdordagi natriyni o‘z ichiga oladi.

    » » Tuz haqida qiziqarli maʼlumotlar