Tovuq tuxumi o‘lim xavfini pasaytirishi mumkinmi?

Tovuq tuxumini muntazam iste’mol qilish keksalar orasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar ta’kidlashicha, oddiy va hammabop mahsulot bo‘lgan tuxum to‘g‘ri me’yorda iste’mol qilinsa, organizm uchun bir qator foydali jihatlarni ta’minlaydi.
Oqsil, vitamin va foydali moddalarga boy bo‘lgan tovuq tuxumi tanani quvvatlantirish bilan birga, qon aylanishi tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, yoshi ulug‘ insonlar uchun to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish salomatlikni saqlashda muhim omil hisoblanadi.
Albatta, har qanday mahsulot singari tuxumni ham me’yorda iste’mol qilish zarur. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, kunlik ratsionga oqilona kiritilgan tuxum yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi mumkin.v