Havo hududi ochilgan davlatlardan evakuatsiya davom etmoqda

1 daqiqa o'qish1.1K
Havo hududi ochilgan davlatlardan evakuatsiya davom etmoqda

Yaqin Sharq davlatlaridan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish ishlari davom etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 5 mart kuni evakuatsiya qilinganlar soni 9361 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, 1 martdan 5 mart soat 10:00 holatiga qadar Saudiya Arabistonidan muntazam va qo‘shimcha charter reyslar orqali 8114 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan. Birlashgan Arab Amirliklaridan 1192 nafar fuqaro olib kelingan, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar, Ummondan 7 nafar o‘zbekistonlik xavfsiz tarzda yetkazilgan.

TIVga ko‘ra, fuqarolarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozircha evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan davlatlardan tashkil etilgan, boshqa mamlakatlarda havo hududi ochilishi bilan jarayon tezkor davom ettirilishi aytilgan.

Vazirlik fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga, sarosimaga berilmaslikka va vazmin harakat qilishga chaqirgan. Shuningdek, xorijda bo‘lib turgan vatandoshlardan mahalliy qoidalarga qat’iy rioya etish, axborot masalasida esa faqat O‘zbekiston davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tarqatayotgan rasmiy ma’lumotlarga amal qilish so‘ralgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?