Muqaddas Xoliqova "Mehnat shuhrati" ordeniga sazovor bo‘ldi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Bayram munosabati bilan turli sohalarda faol mehnat qilib kelayotgan 72 nafar ayol davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Rasmiy hujjatda ayollarga yuksak e’tibor va ehtirom ko‘rsatish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda nufuzini oshirish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tashabbuskor xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadi qayd etilgan.
Mukofotlanganlar orasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ham bor. U "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
Muqaddas Xoliqova ko‘p yillardan beri milliy teatr san’ati rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkor sifatida tanilgan. U sahnada turli qiyofa va taqdir egalarini mahorat bilan jonlantirib, tomoshabinlar mehrini qozongan. Aktrisa ishtirok etgan qator filmlar esa hanuzgacha muxlislar tomonidan sevib tomosha qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!