"Siti" yulduzi Abduqodir Husanovga koreyalik model tabrik yo‘lladi

"Siti" yulduzi Abduqodir Husanovga koreyalik model tabrik yo‘lladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Janubiy koreyalik model va bloger Pak Xi Jon Abduqodir Husanovni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, Instagram sahifasida uning libosida tushgan suratlarini e'lon qildi.
  • Suratlar orasida sun'iy intellekt yordamida yaratilgan qo'shma kadr ham bor.
  • 29 fevral kuni tug'ilgan Abduqodir Husanov bu yil bayramini 1-mart kuni nishonladi.
  • U 2025 yilning 20 yanvarida “Manchester Siti” safiga 40 million yevro evaziga o'tgan.

Taqvimdagi o‘ziga xos sana — 29 fevral kuni dunyoga kelgan Abduqodir Husanov bu yil o‘z tug‘ilgan kunini 1-mart sanasida nishonladi. Garchi bayram sanasi ortda qolgan bo‘lsa-da, iste’dodli himoyachimizga yo‘llanayotgan tabriklar oqimi to‘xtagani yo‘q.

Xoland va Rodridan so‘ng navbat koreyalik go‘zalga

“Shaharliklar” safidagi yulduzli sheriklari — Erling Xoland va Rodri Ernandeslarning rasmiy qutlovlaridan so‘ng, Abduqodirga bo‘lgan e’tibor san’at olamiga ham ko‘chdi. Janubiy koreyalik taniqli model va bloger Pak Xi Jon hamyurtimizga atalgan o‘ziga xos post bilan ko‘pchilikning diqqatini tortdi.

Mashhur model o‘z Instagram sahifasida Husanovning libosida tushgan suratlarini e’lon qildi. E’tiborli jihati, suratlar orasida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shma kadr ham bor.

“Tavallud ayyomingiz muborak, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husanov! Sizni Manchesterda ko‘rishni intizorlik bilan kutaman va shaxsan uchrashib, dastxat olishdan umidvorman”, — deya dil izhorlarini yozib qoldirdi Pak Xi Jon.

"Siti" yulduzi Abduqodir Husanovga koreyalik model tabrik yo‘lladi

40 million yevrolik zafarli yo‘l

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanovning katta futboldagi yo‘li havas qilsa arzigulik. “Bunyodkor” akademiyasidan chiqqan futbolchi Belarusning “Energetik-BGU” klubi orqali Yevropaga yo‘l oldi. Fransiyaning “Lans” jamoasidagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, 2025 yilning 20 yanvarida “Manchester Siti” uni 40 million yevro evaziga sotib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Pak Xi Jon koreyscha “Oljon” uslubidagi fotosessiyalari bilan mashhur bo‘lib, uni ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin muxlis kuzatib boradi.

Sizningcha, Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi muvaffaqiyatlari o‘zbek futbolining dunyodagi nufuzini yanada oshirishga qanchalik xizmat qiladi?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar