O‘zbekiston Pokiston va Afg‘onistonni otishmani to‘xtatishga chaqirdi,chegaradagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston kuchlari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlarga rasmiy munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida chegara hududida vaziyatning keskinlashayotgani jiddiy xavotir uyg‘otayotgani qayd etildi.
"Biz tomonlarni zudlik bilan otishmani to‘xtatishga, vazminlik namoyon etishga hamda keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, O‘zbekiston barcha kelishmovchiliklar faqat tinch vositalar orqali, siyosiy va diplomatik muloqot yo‘li bilan hal qilinishi zarurligini urg‘uladi. Bayonotda davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qilish muhim ekani ta’kidlangan.
Avvalroq Pokiston qo‘shinlari Afg‘onistonning Kobul va Qandahor shaharlaridagi harbiy obyektlarga havo zarbalari bergani xabar qilingan edi. "Tolibon: harakati esa bu harakatlarga javoban Pokiston harbiy inshootlariga zarba berganini bildirgan. Har ikki tomon yo‘qotishlar haqida ma’lumot tarqatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!