Yorqinxo‘ja Umarov yangi “Kelinchak” bilan qaytmoqda

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov yaqin kunlarda navbatdagi yangi taronasini muxlislar e’tiboriga havola etishini ma’lum qildi. Kutilayotgan premyera "Kelinchak" deb nomlanadi.
San’atkor ushbu xushxabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qilib, yangi qo‘shiq ustida jamoasi bilan faol ishlanganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kelinchak” taronasi tinglovchilarga iliq kayfiyat ulashadigan, yurakka yaqin va samimiy ohangda bo‘ladi.
Mazkur yangilik Yorqinxo‘janing muxlislari tomonidan katta quvonch bilan qarshi olindi. Izohlarda ko‘plab obunachilar qo‘shiqning tezroq premyera qilinishini intiqlik bilan kutayotganini yozib, xonandaga omad va ijodiy muvaffaqiyatlar tilashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing