date

Qizining homiladorligi fojiaga aylandi: ona o‘zini yoqdi

Qizining homiladorligi fojiaga aylandi: ona o‘zini yoqdi

Kecha Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatining Oq-Suy tumanida 41 yoshli ayol 17 yoshli qizi homilador bo‘lib qolganini og‘ir qabul qilib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy Ichki ishlar organlari ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 fevral kuni tuman IIBga 2009 yilda tug‘ilgan qizning 16 haftalik homiladorligi haqida xabar kelib tushgan va holat bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan. Qiz so‘roqqa chaqirilgan, onasi esa bu voqeani isnod deb baholab, tergov harakatlarida ishtirok etishdan bosh tortgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, shu kuni taxminan soat 21:00 atrofida ayol uyidan chiqib, o‘ziga benzin sepgan holda yoqib yuborgan. U og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qizining homiladorligi fojiaga aylandi: ona o‘zini yoqdi