date

Munisa Rizayeva:"Instagramdagi baxtli ko'ringan hayotga ishonmanglar"

Munisa Rizayeva:"Instagramdagi baxtli ko'ringan hayotga ishonmanglar"

Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videolarida hayoti, sinovlari va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi. U har bir insonning hayotida o‘ziga yarasha muammo va imtihonlar bo‘lishini ta’kidladi.

“Hammada o‘ziga yarasha sinovlar, muammolar bor. Havas qilmanglar odamlarga. Instagramdagi baxtli hayotga ham ishonmang”, deya izoh qoldirdi san’atkor. Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan hayot har doim ham haqiqatni aks ettirmaydi.

Munisa Rizayeva ayniqsa ayollarga murojaat qilib, muhim maslahat berdi. Unga ko‘ra, ayol kishi birinchi navbatda o‘zini qadrlashi, o‘zini sevishi va o‘zini tanlashi kerak.

“Avval o‘zingizni birinchi o‘ringa qo‘ying — eringizni ham, farzandingizni ham emas, o‘zingizni. Qachonki o‘zingizni tanlasangiz, o‘zingizni sevsangiz, xo‘jayiningiz ham, farzandingiz ham sizni hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi”, deydi u.

Xonandaning ta’kidlashicha, ayol o‘zini unutib qo‘ysa, o‘ziga e’tibor bermasa, atrofdagilar ham uni qadrlamay qo‘yadi. Uning fikricha, hurmat va muhabbat avvalo insonning o‘zini qadrlashidan boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva:"Instagramdagi baxtli ko'ringan hayotga ishonmanglar"