Tayvanda to‘rt kun ketma-ket kompyuter o‘ynagan talaba hayotdan ko‘z yumdi

Tayvanda yashovchi talaba uzluksiz to‘rt kun davomida kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganidan keyin og‘ir holatga tushib, hayotdan ko‘z yumgani xabar qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u to‘rt kun va uch kecha davomida deyarli tanaffussiz o‘yin bilan band bo‘lgan.
To‘rtinchi kechada talaba hojatga turmoqchi bo‘lgan paytda qattiq og‘riqdan qichqirib, hushidan ketgan. Keyinchalik shifokorlar uning miyasidagi arteriya yorilib, kuchli qon ketishi yuz berganini aniqlagan.
Talabaning onasi so‘zlariga ko‘ra, u bir necha bor o‘g‘lini kompyuterni o‘chirib dam olishga undagan, ammo bu ogohlantirishlar natija bermagan.
Hodisadan keyin talaba bir necha oy davomida koma holatida bo‘lgan. Keyinchalik oila a’zolari uning hayotini saqlab turgan tibbiy uskunalardan voz kechishga qaror qilgan.
Mutaxassislar esa uzoq vaqt tanaffussiz kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanish salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlab kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!