Isroilda videosi sabab o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi

Isroilda raketa xavfi paytida olingan video sabab o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u videoda atrofdagilarni "kalamushlar" deb atab, hamma qochib ketganini aytgan.
Keyinchalik mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Shundan so‘ng isroilliklardan biri videodagi shaxsni tanib, bu haqda politsiyaga xabar bergan.
Hibsga olingan shaxs esa o‘z bayonotida aytilgan gaplar isroilliklarga emas, balki uni yolg‘iz tashlab bombapanohga kirib ketgan tanishlariga qaratilganini bildirgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing