Suvning haddan ko‘p iste’moli oqsilning parchalanishi darajasini oshiradi va organizmdan vitaminlar hamda foydali mikroelementlarning yuvilib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunda yurak-tomir va siydik chiqarish tizimi zo‘riqadi. Bu haqda rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Alla Pogojeva ma’lum qildi.
Mutaxassis suyuqlik iste’moli me’yori kuniga 2,5 litrni tashkil qilishini eslatib o‘tgan. Bu hajmdan bir litrini ovqatlanish vaqtida turli mahsulotlardan olamiz, qolgani esa erkin suyuqlik, misol uchun sho‘rva va sut hisobiga to‘ldiriladi.
“Qattiq yegulikda bo‘lmagan ushbu ichimliklar, shuningdek, qahva, qora choy va boshqalar ratsion tarkibiga erkin suyuqlik ko‘rinishida kiradi va kuniga 1500-2000 mlni (6-8 stakan) tashkil qilishi lozim”, deb aytgan Pogojeva.
Olimaning ta’kidlashicha, ichimliklar ta’mi ham muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, nordon morslar, ko‘k choy, kvas va mevalardan tayyorlangan ichimliklar so‘lak ajralishini qo‘zg‘atib, tashnalik hissini kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Jahonga mashhur shaxslar va ularning oila a’zolari (foto)
Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi
Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda