O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi delegasiyaning Pokistonga tashrifi doirasida O‘zbekistonning Islomoddagi elchixonasida “Savdo karvoni: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, tadbirda Pokiston hukumati, Islomobod, Sialkot, Lahor Savdo-sanoat palatalari, ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.
O‘zbekiston mahsulotlarining namoyish etilgan namunalari pokistonliklarda katta qiziqish uyotdi. Xususan, Bahria Town qurilish kompaniyasi va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Bundan tashqari, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari shuningdek, zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnika tizimi, jumdalan, Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “aqlli” televizorlar va planshetlarga e’tibor qaratishdi. Pokiston vakillari ko‘rgazmaga qo‘yilgan o‘zbekistonlik sanoatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizasiya qilish sohasida muvaffaqiyatli islohotlar olib borilgani, bu esa dunyo bozorlarining barcha talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish salohiyati shakllanishiga xizmat qilganini ta’kidlashdi.
Taqdimot yakunlari Express Tribune, The Nation, Dispatch News Desk kabi Pokistonning markaziy nashrlari hamda PTV NEWS mahaliy televideniesida keng yoritildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi