Fransiyada Uber taksi xizmatining ikki rahbari hibsga olindi

  • 01 iyul 2015, 14:13
  • 5 234
  • Iqtisodiyot
  • Fransiyada Uber taksi xizmatining ikki rahbari hibsga olindi

    Parijda Uber onlayn-taksi xizmatining Evropa bo‘yicha rahbari Per-Dimitri Gor-Koti va kompaniyaning Fransiyadagi rahbari Tibo Simfal hisbga olindi. Bu haqda Le Monde nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Ushbu hibsga olishlar UberPop dasturi bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishi doirasida amalga oshirildi. Fransiya hukumati dastur va uning mijozlari o‘rtasidagi aloqalarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

    Parijda taksichilar dasturga qarshi katta miqyosdagi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqdalar.

    » » Fransiyada Uber taksi xizmatining ikki rahbari hibsga olindi