Yulduz Rajabova: “Bu gap meni oyoqqa turg‘izgan…”

Yulduz Rajabova: “Bu gap meni oyoqqa turg‘izgan…”
Qisqacha

Yulduz Rajabova og‘ir vaziyatlarda o‘zini tiklashiga “Hayotda bundanam og‘ir bo‘ladi. Hamma narsaga tayyor tur” degan gap katta turtki berganini aytdi. Aktrisa har bir inson hayotida muammo va og‘ir sinovlar bo‘lishini ta’kidladi. Uning fikricha, birgina tabassum yoki dalda beruvchi so‘z yordamga muhtoj insonni yiqilgan joyidan turg‘izishi mumkin.

Yulduz Rajabova “Taraflar” loyihasi doirasidagi intervyusida hayotidagi eng muhim motivatsion gapni ochiqladi.

Aktrisaning aytishicha, unga aytilgan bir og‘iz so‘z uni og‘ir vaziyatlarda o‘zini tiklab olishiga katta turtki bo‘lgan:

“Hayotda bundanam og‘ir bo‘ladi. Hamma narsaga tayyor tur”, — degan gap meni qanday qilib oyoqqa turg‘izganini bilmaysiz”, — deydi u.

Yulduz Rajabova shuningdek, har bir inson hayotida qiyinchiliklar va og‘ir sinovlar bo‘lishini ta’kidladi:

“Har bir insonning hayotida muammo bor, og‘ir dard bor. Yordamga muhtoj bo‘lgan insonlar juda ko‘p. Sizning birgina tabassumingiz, bir og‘iz dalda beruvchi so‘zingiz, 'kel, men senga yordam beraman' degan gapingiz o‘sha insonni qayta tiriltiradi, uni yiqilgan joyidan turg‘izadi”, — deya fikr bildirdi aktrisa.

Uning ushbu samimiy va ta’sirli so‘zlari ko‘plab muxlislarni o‘ylantirib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar aktrisaning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, bir-biriga mehr va e’tibor ko‘rsatish naqadar muhim ekanini ta’kidlashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar