Kannavaro mundialda g‘alaba uchun barcha imkoniyatlarni eshikda ushladi...

FIFA Series xalqaro turniri boshlanishi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarga barcha muhim jihatlarni ochiq va batafsil tushuntirdi.
“Xayrli kun hammaga. Avvalo kechikkanimiz uchun uzr, ko‘cha-yo‘ldagi tirbandlik sabab biz anjumanga kech qoldik,” — dedi Kannavaro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ertangi o‘yinlar jamoa uchun strategik ahamiyatga ega va ular maydonga g‘alaba qozonish uchun tushadi. Shuningdek, bosh murabbiy tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishni rejalashtirganini ta’kidladi.
Kannavaro yarimhimoyachilar ko‘pligini o‘z taktik rejalarini amalga oshirishdagi qulaylik sifatida baholadi. “Bellashuv vaqtida aynan ular tempni butunlay o‘zgartirib, jamoaga katta afzallik bera oladi,” — dedi u.
Gabon safidagi Obameyangning yo‘qligi terma jamoa uchun katta muammo bo‘lmaydi. Kannavaro faqat jamoasiga e’tibor qaratmoqda va g‘alaba uchun barcha kuchni safarbar etishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Obameyangni dunyodagi eng kuchli hujumchilardan biri sifatida e’tirof etdi.
Bosh murabbiy jismoniy tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratyapti. “Jahon chempionatida oson o‘yin bo‘lmaydi. Agar kimdir oson bellashuv kutayotgan bo‘lsa, u katta adashishda,” — deb hushdor qildi Kannavaro.
Portugaliya va Kolumbiya jamoalari musobaqadagi eng kuchli raqiblar qatorida. Shu bois, barcha futbolchilarning imkoniyatlari tekshirilib, puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Erondagi vaziyat esa achinarli, ammo futbolchilar vaqtida jamoa bilan qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi. “Hozir ularning o‘yin amaliyoti yo‘q, lekin qo‘ldan kelganicha yordam beramiz,” — dedi Kannavaro va umid bildirdiki, barchasi joyida bo‘ladi.
Jarohatdagi futbolchilar holati ham doimiy nazoratda. Terma jamoa safini to‘ldirish uchun ularning tiklanishiga barcha imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Ammo hozircha ularning mundialda qatnashishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
"Jarohatdagi futbolchilarning holatini kuzatib boryapmiz. Ular safga qaytishlari uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilinyapti. Ayni vaqtda esa ularning mundialda ishtirok etishi borasida aniq hech narsa ayta olmayman",— dedi Kannavaro.
Kannavaro so‘zlarini xulosa qilganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi turnirda g‘alaba uchun tayyor va barcha qiyinchiliklarga qaramay, murabbiy jamoaning imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!