O‘zbekistonda eng ko‘p korxonalar qaysi sohada faoliyat yuritadi?

2026 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, eng ko‘p korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi – 156 796 ta. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 127 071 ta, sanoat tarmog‘ida esa 61 062 ta korxona ro‘yxatga olingan. Qurilish sohasida 31 372 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida esa 31 350 ta sub’ekt ishlamoqda.
Hududlar bo‘yicha eng faol hudud Toshkent shahri hisoblanadi – 111 137 ta korxona bilan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (54 273) va Samarqand viloyati (53 475) turadi. Eng kam korxona esa Sirdaryo viloyatida – 16 557 ta.
Boshqa viloyatlarda ham faoliyat yurituvchi korxonalar soni quyidagicha: Farg‘ona – 49 278, Qashqadaryo – 44 055, Andijon – 35 500, Buxoro – 34 902, Namangan – 33 776, Xorazm – 32 069, Surxondaryo – 32 023. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 29 220 ta, Jizzax 26 468 ta, Navoiy esa 24 061 ta korxona bilan o‘rta ko‘rsatkichda.
Shu bilan, O‘zbekistonda korxonalarning eng yuqori ulushi savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalariga to‘g‘ri keladi, hududiy jihatdan esa Toshkent shahri yetakchilik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!