Jalolov qaysi yulduzni tanladi — Ronaldo yoki Messi? (video)

Bahodir Jalolov Krishtiano Ronaldoning muxlisi ekanini va uni Messidan ustun ko'rishini aytdi. U Messining tug'ma iste'dodini tan olgan holda, Ronaldoning barcha yutuqlariga mehnati orqali erishganini ta'kidladi. Bokschi farzandlariga faqat Ronaldoni namuna qilib ko'rsatishini bildirdi. Bahodir Jalolov o'z yutuqlariga ham kuniga uch mahal shug'ullanish va mehnat orqali erishganini aytdi.
Chempion, bokschi Bahodir Jalolov intervyularidan birida futbol yulduzlari haqidagi shaxsiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning aytishicha, u Krishtiano Ronaldoning muxlisi hisoblanadi:
“Men Ronaldoning muxlisiman. Nega? Messining iste’dodini tan olish kerak — unda Alloh bergan tug‘ma talant bor. Ronaldochi? U mehnatkash. Unda tug‘ma talant yo‘q, balki barchasiga o‘z mehnati bilan erishgan”, — dedi u.
Bahodir Jalolov shuningdek, farzandiga qaysi sportchini namuna qilishini ham ochiq aytdi:
“Men farzandlarimga faqat Ronaldoni namuna qilib ko‘rsata olaman, Messini emas”, — deya qo‘shimcha qildi.
Bokschi o‘zining ham bugungi yutuqlariga faqat mehnat orqali erishganini ta’kidladi:
“Men iste’dod emasman. Men mehnat qilganman. Kuniga uch mahal shug‘ullanardim va shu kungacha barcha yutuqlarga mehnatim orqali erishganman”, — deya so‘zini yakunladi.






























Izohlar 0
…