Prezident dori-darmon bo‘yicha navbatdagi qarorni imzoladi

  • 19 iyul 2017, 08:33
  • 5 467
  • Iqtisodiyot
  • Prezident dori-darmon bo‘yicha navbatdagi qarorni imzoladi
    «O‘zmedeksport» korxonasiga ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha import xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. SSV o‘z ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini yaratadi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy ravishda taqchilikni vujudga keltirish va narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan navbatdagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Gazeta.uz xabar qildi.

    Hujjatga muvofiq, 1 avgustdan boshlab Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida «O‘zmedeksport» respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlash sifatini yanada oshirish maqsadida ushbu faoliyatning faqatgina davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

    Dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bo‘yicha amaldagi lisenziyalari 2018 yil 1 yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shartligi belgilandi. Bunda qayta rasmiylashtirish yangi lisenziyalovchi organ — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

    Ushbu maqsadlarda Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida lisenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’balari tashkil etilmoqda.

    Mutasaddi vazirlik va idoralarga dorixonalar va ularning filiallarini tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlash vazifalari yuklatildi.

    Shuni alohida qayd etish kerakki, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixona tarmoqlari tashkil etilib, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish ularning asosiy vazifasi etib belgilandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident dori-darmon bo‘yicha navbatdagi qarorni imzoladi