O‘zbekistonda 500 va 1000 nominaldagi so‘m banknotlari o‘rniga shu qiymatdagi tangalar chiqarilishi mumkin. Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning aytishicha, aynan shu masalaga oid aniq qaror qabul qilinmagan.
«Biz 50 ming va 10 ming so‘mlik banknotlarni katta hajmda muomalaga chiqardik. Aholiga kichik qiymatdagi ko‘pgina banknotni o‘zi bilan olib yurish qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy, shuningdek, ularni ishlab chiqarish ham iqtisodiyotga foyda bermaydi. Bunday vaziyatda xalqaro tajribada bo‘lgani kabi yirik nominaldagi banknotlarni ishlab chiqarish yoki mayda pullarni tangaga almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi», deya Timur Ishmetovning so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Markaziy Bank raisi birinchi o‘rinbosarining aytishicha, aholiga qulaylik yaratish va monetar ishlab chiqarishda samarali yo‘lga qo‘yish haqida fikrlar yuritilmoqda.
«Hozirigi masala kichik nominaldagi banknotlarni tanga bilan almashtirish yoki yirik banknotga o‘tishda qolgan. Agar bu haqda qaror qabul qilinsa, xabar qilamiz», deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi