Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanaliga ko‘ra, farmon bilan Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 – 2021 yillarda O‘zbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Yo‘l xaritasi” doirasida “Xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi. “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha bosh vazir boshchiligidagi Iqtisodiy kengash hamda Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.
Iqtisodiy kengash tomonidan quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi hamda prezident Administratsiyasiga kiritiladi:
Strategiyalar:
• davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha – 2019 yil 1 iyungacha;
• milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston – 2030) bo‘yicha – 2019 yil 1 dekabrgacha;
• ta’limni rivojlantirish bo‘yicha – 2020 yil 1 martgacha;
• suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha – 2020 yil 1 sentyabrgacha.
Konsepsiyalar:
• O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha – 2019 yil 1 aprelgacha;
• qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha – 2019 yil 1 oktyabrgacha;
• monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha – 2019 yil 1 oktyabrgacha;
• davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha – 2020 yil 1 yanvargacha;
• moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha – 2020 yil 1 iyungacha.
“Yo‘l xaritalari”:
• investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha – 2019 yil 1 aprelgacha;
• yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha – 2019 yil 1 noyabrgacha;
• atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha – 2020 yil 1 sentyabrgacha. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi