Taxminiy hisobga ko‘ra, o‘zbek paxtasi tannarxida umumiy qiymatning 10-12 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘ini tashkil etadi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning aytishicha, 1 tonnasi 4 million so‘mdan xarid qilinayotgan paxtaning tannarxi 3 million 650 ming so‘m atrofida qiymatlanadi.
«Moliya vazirligi taklif loyihasini ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, fermerdan paxtani xarid qilish narxi 4400 yoki 4500 so‘m bo‘lishi mumkin. Shunda paxta xaridida QQS joriy etilishi fermerga ziyon qilmaydi. Uning daromadliligi pasaymaydi», — deydi u.
Hukumat paxta xarid narxida 10-12 foizli oshirilgan qiymatni maxsus jamg‘arma mablag‘lari orqali qoplanishini bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy paxta mavsumida xarid uchun 200 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.
«Bu o‘z navbatida to‘qimachilik korxonalari tomonidan qoplanishi kutilmoqda. Zanjir paydo bo‘lsa, yengil sanoatda raqobat kuchayadi va tovar tannarxi tusha boshlaydi. Korxonalarning daromadliligi oshib, tushumlar ko‘payishi kerak», — deydi Moliya vaziri o‘rinbosari Sultonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi