Norvegiyalik olimlar piraxan xalqining tilini o‘rganish uchun eng murakkab til deb topishdi. Bu xalq Braziliyaning Amazonka junglilarida yashaydi.
Oslo universiteti olimlari bu qabila o‘z nutqida gaplashish uchun juda ko‘p hushtaksimon tovushlardan foydalanishini ma’lum qildilar. Bundan tashqari, bu tilda undosh tovushlar juda ko‘p. Qabila a’zolari muayyan tovushlar to‘plamini hushtak chalib suhbatlashadilar. Bu qabila a’zolari katta masofalardan turib ham gaplasha oladilar, chunki hushtak oddiy nutqdan balandroq eshitiladi.
Piraxan tilida raqamlar va ranglarni ifodalash uchun so‘zlar yo‘q. Ular kichik sonlarni barmoqlarida ko‘rsatishadi, savdo-sotiqda esa mahsulot ayirboshlash ustunlik qiladi. Piraxanlar biror rangni ifodalash uchun shu rangdagi narsalar haqida gapirishadi. Ushbu tilda fe’llar zamonlarga ega emas.
OAV ma’lum qilishicha, bu tilda 350 ga yaqin odam gaplashadi. Bu tilning yana bir antiqa tomoni shundaki, ayollar erkaklardan ko‘ra kamroq undoshlardan foydalanadilar, deb xabar bermoqda "Kun" nashri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi