16:31 / 25.01.2017
15 105

Milliy xavfsizlik xizmatiga qanday murojaat qilish mumkin?

Milliy xavfsizlik xizmatiga qanday murojaat qilish mumkin?

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumot Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Portalda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston Respublikasining ”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 3-bobi 16-moddasida belgilangan shartlarga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qilishlari kerak.

E’tiborli jihati shundaki, murojaatda xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot nomi va mansabdor shaxsning familichasi, ismi, otasining ismi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Anonim murojaatlar va qonunda belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan murojaatlar, shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.

Qolaversa, bila turib yolg‘on ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko‘ra undirib olinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy xavfsizlik xizmatiga qanday murojaat qilish mumkin?