7 437
O‘n minglab mayda baliqlar akulalardan antiqa yo‘l bilan himoyalanishlari namoyish qilindi
"Bi-bi-si" telekanali "Moviy sayyora" hujjatli filmidan lavha namoyish qildi. Bu lavhada o‘n minglab anchousdan (mayda baliq turi) iborat "baliq girdobi" shakllanishi tasvirlangan, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Ushbu antiqa holat Tinch okeanining janubiy qismida oqim o‘zgarishi vaqtida suratga olingan. Bu oqim o‘zi bilan katta miqdorda plankton (mayda organizmlar) olib keladi. Ular o‘ziga anchouslarni, anchouslar esa o‘z navbatida akula va tuneslarni (yirik yirtqich baliq) jalb qiladi.
Anchouslar yirik baliqlardan himoyalanish uchun o‘z tanalaridan ulkan aylanuvchi girdob hosil qiladilar. Bu himoyalanish strategiyasi har doim ham naf bermaydi: akulalar anchouslarning yirik to‘dasini ov qilish oson bo‘lgan mayda guruhlarga parchalab yuborishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi