07:11 / 12.02.2017
11 436

Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng yirik issiqxona ishga tushadi

Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng yirik issiqxona ishga tushadi

Gold Agro Fresh agrofirmasi Surxondaryo viloyatida narxi 35 million dollarlik yirik issiqxonani ishga tushiradi, deb yozadi Kun nashri.

Bu erda mingdan ziyod ish o‘rni tashkillashtiriladi va har yili 30 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

Ayni damda bu erda sinov tariqasida 20 gektar maydonda 15ta blok ishga tushirilgan. Bloklarda pomidorning talab katta bo‘lgan navi, gulkaram, brokolli va yalpiz etishtirilmoqda. Issiqxonaning barcha – 70ta bloki ishga to‘shirilgach, uning maydoni 100 gektarga etadi.

Bundan tashqari, 434 gektarga mavsumiy mahsulotlar etishtirish, kelajakda esa 100 gektar maydonga intensiv bog‘lar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng yirik issiqxona ishga tushadi