2007 yildan beri Rossiyada amal qilayotgan farzand ko‘rishni rag‘batlantirish dasturi asta-sekin o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili Bosh Vazir Dmitriy Medvedev Rossiyada so‘nggi bir necha yillardan beri ilk bor aholi soni o‘sishiga erishilganini e’lon qilgandi, deb ma’lum qiladi "Vodiymedia" sayti.
Hozirgi kunda ikkinchi farzanddan boshlab har bir keyingisi uchun onalarga 453 ming rubl (7500 AQSh dollaridan ko‘proq) moddiy yordam ajratiladi. Avvallari bitta bolani tuqqandan keyin "ikkinchisini boqishga qurbim etmaydi" deganlar endi xotirjam farzand ko‘rishni boshlashdi.
Vorkuta viloyatida yashovchi 42-yoshli Svetlana Bobrova o‘n uchinchi (!) farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda BNK axborot agentligi xabar berdi.
Haqiqiy Qahramon ona deb atashga arzigulik Svetlananing navbatdagi farzandi qiz bo‘ldi.
2012 yilda Svetlana Bobrova 10 ta farzandning onasi sifatida Vladimir Putinning qo‘lidan "Ota-onalik shuhrati" ordenini olgandi. Qarangki, o‘tgan 5 yildan kam vaqt davomida Svetlana yana uchinchi bor onalik baxtiga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi