21:28 / 25.03.2017
6 224

Turkiya qirg‘oqlari yaqinida ko‘plab muhojirlar halok bo‘ldi

Turkiya qirg‘oqlari yaqinida ko‘plab muhojirlar halok bo‘ldi
Turkiyaning Oydin viloyati Kushadasi tumani qirg‘oqlarida qayiq halokatga uchragani tufayli 11 noqonuniy muhojir hayotdan ko‘z yumdi. Ularning jasadi Izmir viloyati sud tibbiyot institutiga olib borilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari – bolalar.

Kushadasi tumani qirg‘oqlari yaqinida fojiali hodisa kuni kecha ro‘y berdi. Qochqinlar qayiqda Egey dengizidagi Gresiya orollariga etib borishmoqchi bo‘lgan. 11 kishi halok bo‘ldi, 9 inson qutqarildi.

Qutqaruv amaliyotida ikkita vertolyot va uchta sohil qo‘riqlash xizmati qayiqlaridan foydalanildi. Hodisa yuz bergan paytda qayiqda 20 nafar muhojir bo‘lgan. Qutqarilgan insonlar kasalxonaga etkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya qirg‘oqlari yaqinida ko‘plab muhojirlar halok bo‘ldi