Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan

  • 06 aprel 2017, 11:08
  • 4 785
  • Jamiyat
  • Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan
    Kecha, 5 aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

    Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, davlat organi xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

    Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarigacha tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

    Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Yakkasaroy tumani bo‘yicha jami 6236 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2807 tasi jismoniy shaxslardan hamda 429 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir.

    Ayni damda murojaatlarning 5592 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 644 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.

    Murojaatlarning 1046 tasi uy-joyga muhtojlik to‘g‘risida, 508 tasi bank-moliya masalalari bo‘yicha, 440 tasi sudlarga oid bo‘lib, shuningdek, fuqarolikni qabul qilish, propiskaga o‘tish, ish bilan ta’minlanish, ish haqi, pensiya, issiqlik ta’minoti, ta’lim, transport masalalari yuzasidan bir qancha murojaatlar kelgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan