10:04 / 10.04.2017
6 993

Britaniyalik sotib olgan T-54 tanki ichidan 2,5 mln dollarlik oltin topib oldi

[u]Britaniyalik sotib olgan T-54 tanki ichidan 2,5 mln dollarlik oltin topib oldi
Harbiy texnikani jamlash bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik Nik Mid sotib olgan T-54 sovet tankining yoqilg‘i bakidan 5 ta oltin quyma topib oldi. Bu haqda Sun nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Mid ushbu tankni eBay’da 30 ming funt sterlingga (37 ming dollarga) sotib olgan. Oltinning umumiy og‘irligi 25 kg ni, narxi esa 2 mln funt sterlingni (2,5 mln dollar) tashkil qilgan.

Erkak tanklarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. U oltinlarni tankni restavrasiya qilayotganda aniqlagan. U sotib olgan tank 1990-1991 yillarda Fors ko‘rfazidagi urushda ishtirok etgan Iroq qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan. Tank xalqaro koalisiya qo‘shinlari tomonidan qo‘lga kiritilgach, Buyuk Britaniyaga etkazilgan.

Midning fikricha, oltinlarni Kuvayt omborlarini tunagan iroqlik harbiylar yashirgan bo‘lishi mumkin. Kolleksiyachi topilma haqida polisiyaga xabar bergan. Oltinlar erkakdan tilxat ostida olingan.

Ingliz oltinlar unda qolmaganidan xafa emas, chunki unga ajoyib tank qoldi. Hozirda uning kolleksiyasida 150 ta harbiy texnika bor. Nik o‘z fermasida barcha istovchilar uchun ma’lum haq evaziga harbiy mashinalarida yurishga ruxsat beradi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Britaniyalik sotib olgan T-54 tanki ichidan 2,5 mln dollarlik oltin topib oldi