20:59 / 26.04.2017
6 562

Andijonda kollej o‘quvchisi qutqarib qolindi

Andijonda kollej o‘quvchisi qutqarib qolindi
2017 yil 20 aprel kuni soat 13:35 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismiga tezkor xabar kelib tushdi.

Unga ko‘ra, Oltinko‘l tumani “Xasan-Xusan” mahalla fuqarolari yig‘ini “Shodlik” ko‘chasi 69 uyda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shu tumandagi Agro iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi Ikromov Orifjon Ulug‘bekovich Qoradaryoda cho‘milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo‘lgani sababli, daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor xabarga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Aripov boshchiligidagi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Holdan toygan fuqaro Ikromov Orifjon zudlik bilan qutqaruvchilar tomonidan qutqarib oldindi va unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Orifjonning oila a’zolari qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda kollej o‘quvchisi qutqarib qolindi