23:01 / 26.04.2017
7 601

OAV: Anjelina Joli yangi sevgilisi bilan bir bolani asrab olmoqchi

OAV: Anjelina Joli yangi sevgilisi bilan bir bolani asrab olmoqchi
Gollivudning mashhur juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt o‘rtasida rasman ajrim jarayoni o‘z nihoyasiga etmagan bo‘lsa-da, ikkala yulduz ham yangi hayotni boshlab yuborishdi. Pitt yana uchrashuvlarga chiqmoqda, Joli esa britaniyalik sirli biznesmen bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida mish-mishlar yuribdi. Ma’lum qilinishicha, ular Joli hali Bred bilan yashayotgan vaqtda tanishgan.

Xorijiy OAVning xabar berishicha, Anjelina Joli tezroq sud ishlarini yakunlab, yangi qallig‘iga turmushga chiqmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, atrisa va biznesmen bir bolani boqib olishni rejalashtirmoqda.

“Enji har doim yana bir bolani asrab olishni xohlardi, biroq Pitt oilamiz to‘liq deb hisoblagan va bunga qarshi bo‘lgan”, deydi aktrisaning yaqini. Uning yangi qallig‘i esa bu istakni qo‘llamoqda.

Anjelinaning yangi yigiti haqida nega ma’lumotlar etarli emasligi borasida ham insayder axborot berdi.

“Ularning uchrashuvi doimo yashirincha o‘tadi. Joli yangi sevgilisi bilan omma oldiga chiqishdan ko‘ra, ajrimni to‘liq yakunlashni xohlamoqda”.

Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli 2016 yil 20 sentyabr kuni Bred Pitt bilan ajrashish uchun rasman ariza bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OAV: Anjelina Joli yangi sevgilisi bilan bir bolani asrab olmoqchi