"Barselona" futbol jamoasi yulduzi Lionel Messi Suriyaning urushdan vayron bo‘lgan shaharlarining birida 1600 nafar bola uchun maktab qurdirdi. Bu haqida u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida ma’lum qildi.
"Leo Messi fondi YuNISEFga oldindan tayyorlangan 20 sinf xonasini Suriyaga o‘rnatishga yordam berdi va shu orqali 1600 bolaning ta’lim olish sharoitini yaxshiladi", - dedi Messi o‘zining Facebook'dagi rasmiy sahifasida.
Foto: Facebook.com/@LeoMessi
Manbaga ko‘ra, sinf xonalari barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan, ularga o‘quv muhitini yaxshilash maqsadida quyosh batareyalari o‘rnatilgan.
Bunday maktablarga qatnaydigan o‘quvchilarning 60 foizdan ortig‘i urush natijasida o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan oilalarda yashaydi.
Olti yildan buyon davom etayotgan Suriyadagi urush sabab mamlakatdagi shifoxonalar, maktablar va uylar vayron qilingan.
Ta’kidlash joizki, Messi bundan avval ham Yaqin Sharqdagi xalqaro gumanitar kampaniyalarda ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi