Irlandiya sohillari yaqinida havaskor baliqchi, 26 yoshli Ben Bond 6 oyquloqli ulkan akulani qarmoqqa ilintirdi. Ta’kidlanishicha, tutilgan akulaning uzunligi 7,5 metrni, og‘irligi esa 680 kg ga yaqinni tashkil qilgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Tutilgan akula Evropada qarmoqqa tutilgan bu turdagi eng katta akula bo‘ldi. Baliqchi bir o‘zi akula bilan 1,5 soatlik kurashdan keyin uni sirtga chiqarib, suratga olgan va yana ozodlikka qo‘yib yuborgan.
Bondning aytishicha, u avval ham akulalar tutgan, biroq bunday katta akulani birinchi marta tuta oldi. Uning aytishicha, u akulani suvdan chiqarayotganda qo‘rquv his qilmagan.
"Menimcha, eng yoqimlisi u suzib ketayotganini kuzatish bo‘ldi. Men bunday ajoyib jonzotni o‘ldirishni istamadim", deb aytgan Bond.
Irlandiyaning baliqchilik boshqarmasi vakillari suratga olingan akulani "dengiz tublarining haqiqiy mahluqi" deb atashgan.
Olti oyquloqli akula ko‘p oyquloqlilar oilasining eng katta vakili hisoblanadi. Bunday akulalarning uzunligi odatda 5,5 metrdan oshmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi