Putin Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 72 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilindi Kreml rasmiy saytida.
Rossiya prezidentining tabrik xatida ta’kidlanishicha, 9-may qutlug‘ sana bo‘lib, butun insoniyat va Vatanni fashizm balosidan qutqarish uchun frontda hamda front ortida elkama-elka, bir tan-u bir jon bo‘lib kurashgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.
Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday ko‘rinishda o‘zgartirish, fashizm va nasizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga bo‘lgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok bo‘lganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish bo‘ladi.
Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga ta’zimini etkazib qo‘yishni so‘rab, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.
Manba: sputniknews-uz.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi