Kecha, 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozoriga borgani haqida Qalampir nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bosh vazir bozor faoliyati bilan tanishib, narx-navo, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxini ko‘zdan kechirgan. Bunga shu kunlarda kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar va go‘shtning narxi oshib borishi, aholi o‘rtasida vahimalar, bozorlarda navbat kutishlar yuzaga kelayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ayni paytda Toshkent bozorlarida piyozning 1 kg narxi o‘rtacha 2 ming so‘mni, kartoshkaning narxi esa 5 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev viloyatlar bo‘ylab o‘tkazgan uchrashuvlarida kartoshkaning yangi navlarini ekish, aholini sifatli va arzon kartoshka mahsuloti bilan ta’minlash masalasini o‘rtaga tashlagan edi.
Hukumat rahbari ham “Chorsu” bozoriga tashrifi chog‘ida mumkin qadar kartoshka va piyozning narxini pasaytirishni buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi