00:05 / 26.05.2017
13 781

Toshkent viloyatida bir haftada 12 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatildi

Toshkent viloyatida bir haftada 12 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatildi
Toshkent viloyati hududida joriy yilning 18-24 may kunlari 137 ta jinoyat qayd etildi. Shundan 4 tasi qasddan odam o‘ldirish, 1 tasi bosqinchilik, 5 tasi og‘ir tan jarohati, 6 tasi talonchilik, 40 tasi o‘g‘irlik, 23 tasi giyohvandlik, 2 tasi transport vositasini olib qochish, 2 tasi bezorilik, 5 tasi firibgarlik, 1 tasi iqtisodiy va 48 tasi boshqa jinoyatlarni tashkil qiladi.

Sodir etilgan jami 137 ta jinoyatning 112 tasi "izi yo‘qolmasdan" fosh etilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilmokda, fosh etilmagan 25 ta (22 ta o‘g‘irlik, 1 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik, 1 ta o‘zga jinoyatlar) jinoyatlar bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.

O‘tgan yillardan qidiruvda yurgan 19 nafar, joriy yildan 1 nafar jinoyatchilar ushlandi, deya xabar berildi Toshkent viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan brifingda.

Hafta davomida 12 ta o‘z joniga qasd qilish, 14 ta baxtsiz hodisa, 23 ta bevaqt o‘lim (38 nafar fuqaro vafot etgan) sodir bo‘lgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida bir haftada 12 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatildi