13:32 / 12.06.2017
6 489

Yashnobod tumanida o‘g‘irlik fosh etildi

2017 yilning 07 iyun kuni taxminan soat 0500 larda, Obid Kamilovich Kazakov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan xususiy korxona binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u erdan fuqaro Baxtiyor Umarovga tegishli bo‘lgan bahosi 25.714.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Yashnobod tumanida o‘g‘irlik fosh etildi
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashnobod tumanida o‘g‘irlik fosh etildi