Toshkentda tunnel devorining bir qismi o‘pirilib tushdi

1 daqiqa o'qish1.2K
Toshkentda tunnel devorining bir qismi o‘pirilib tushdi

Toshkent shahrida Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi yaqinidagi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi o‘pirilib tushdi. Hodisa yuz bergan hududga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari yetib borgan.

Voqea joyi tezda o‘rab olinib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda hodisa sabablari yuzasidan kompleks texnik tekshiruv olib borilmoqda.

Mutaxassislar dastlabki taxmin sifatida so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida tuproqning ortiqcha namlanishi hamda konstruksiyaga tushayotgan yuklama ortganini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, loyiha yechimlari, qurilish-montaj ishlari sifati, drenaj tizimi holati va qurilish nazorati masalalari ham batafsil o‘rganilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tunnel devorini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Agar qurilish jarayonida kamchiliklar yoki qoidabuzarliklar aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?