20:03 / 18.06.2017
20 849

Ayol erining ustiga yosh yigitga tegishni xohlab qolgandi...

Ayol erining ustiga yosh yigitga tegishni xohlab qolgandi...
Sharqiy Qozog‘istonga qarashli Zыryanovsk shahrida yashovchi 55 yoshli erkak (er-xotinning ism-familiyasi tergov manfaatlarini ko‘zlab sir tutilgan) xotini bilan tanishlardan birinikiga mehmonga borgandi. U erda ziyofat quyuq bo‘ldi. Er ham, xotin ham spirtli ichimlikni to‘yguncha ichishdi. Qorong‘i tushgach, uyga yo‘l olishdi. Biroq xotin mahalla ko‘chasiga chiqishgach, uyga ketishdan bosh tortdi.
— Men o‘zimga yosh yigitni topdim, — dedi ayol eriga. — O‘zing ketaver! Men o‘ynashimnikida qolaman! Men o‘sha yosh yigit bilan yashashni xohlayman!..
Erkak avvaliga buni kayfchilikka yo‘ydi. Biroq ish jiddiy tus ola boshlagach, jahl otiga mindi. Bir-ikki yaxshi gapirib ko‘rdi. Xotiniga ta’sir qilmagach, cho‘ntagiga qo‘l soldi. Negadir cho‘ntagiga pichoq solib olgan ekan. Pichoqni qo‘liga oldi-yu, xotinining ko‘krak qismiga ikki marta tig‘ zarbasini yo‘lladi. Ayol shu erning o‘zida jon berdi. Erkak esa go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, uyiga jo‘nadi. Hatto tunda tinch uxladi.

Ayolning murdasi esa tuni bilan ko‘cha yuzida qolib ketgandi. Ertalab mahalladagilar murdani ko‘rib qolib polisiyaga xabar berishdi.
Erkak qilgan jinoyatini hech qanday qarshiliklarsiz bo‘yniga oldi. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qotil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol erining ustiga yosh yigitga tegishni xohlab qolgandi...