Davlat rahbari Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kattalar va bolalarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlarini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb etish loyihasi bilan tanishdi, deb yozadi «UZ24» nashri.
2013 yilda tashkil etilgan 36 o‘rinli markazda 60 dan ortiq malakali shifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik amaliyotlari, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak, dedi Prezidentimiz. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan birga, ulardan samarali foydalanishni ham ta’minlash, shifokorlar bilimi va malakasini muttasil oshirib borish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi