Ichki ishlar vazirligi o‘z xodimlari sodir etgan jinoyatlarni yashirishga urinmoqda

  • 18 avgust 2017, 11:06
  • 5 248
  • Jamiyat
  • Ichki ishlar vazirligi o‘z xodimlari sodir etgan jinoyatlarni yashirishga urinmoqda
    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari bilan soha islohotlarini muhokama qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.
    Majlisda jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilarni topish va ushlash borasidagi ishlar tanqid qilindi.

    «Bugungi kunda 3186 ta jinoyat fosh etilmagan, qidiruv e’lon qilingan 15958 jinoyatchidan atigi 5250 nafari ushlangan. Ularning erkinlikda yurib qaytadan jinoyatga qo‘l urmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi», — degan prezident.
    Shu bois Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bu sohada ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, axborot berishi belgilandi.
    Mirziyoyev barcha kamchiliklar avvalo zamirida ichki ishlar organlarida kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar ahvolining qoniqarsizligi bilan bog‘liqligini qayd etdi.

    Joriy yilda ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan 223 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, 462 xodim intizomiy jazoga tortilgani buning yaqqol tasdig‘idir. Shu bilan birga ichki ishlar organlari xodimlari sodir etgan jinoyatlar yashirish, ro‘yxatga olmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu qog‘ozda jinoyat ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda pasaytirishga, o‘z xodimlarini himoyalashga urinishdan boshqa narsa emas.

    Sohada kadrlar masalasini samarali hal qilish maqsadida Mirziyoyev tashabbusi bilan Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bekor qilinib, yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalariga nomzodlarni maqsadli tayyorlaydigan akademik liseylar tashkil etiladi. 2020 yildan boshlab tinglovchilar o‘qishga mana shu liseylar bitiruvchilari va ichki ishlar organlari xodimlari orasidan suhbat va kasbiy tanlov asosida qabul qilinadi.

    Ish faoliyati samarali bo‘lishi uchun sharoit ham etarli bo‘lishi kerak, albatta. Shu ma’noda, ichki ishlar organlari xodimlari, birinchi navbatda profilaktika inspektorlariga xizmat va yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni o‘zlari xizmat qilayotgan hududda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Ammo joylarda bu boradagi topshiriqlar ijrosi sust ketyapti.

    Shavkat Mirziyoyev tegishli mutasaddilarga bu ishlarni faollashtirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.


    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ichki ishlar vazirligi o‘z xodimlari sodir etgan jinoyatlarni yashirishga urinmoqda