12:32 / 03.09.2017
5 015

Musulmonlarga xalal bermang...

Musulmonlarga xalal bermang...
Musulmonlar bayrami bo‘lmish Qurbon hayiti oldidan Feysbukda ko‘pchilikning tinchi buzildi.

Poytaxtning aqlli hipsterlari va ularning turqi sovuq xotinlari Moskvaning ishg‘ol qilingani va yoqishga tayyor turilgani haqida qichqirmoqda! Dahshat! Kim bunday qildi? Nega minoradagi imom barchani ibodatga chorlaydi? Politsiya qani? Nega barchani hibsga olmayapti, nega otib tashlamayapti va ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz qo‘llamayapti?

Men musulmonlar bayrami haqida nima deb o‘ylashimni aytaman. Iltimos, faqat sizlar xafa bo‘lmang.

U odamlar yilda ikki marta masjid atrofiga gilam yozadi, so‘ygan qo‘yini yeydi, o‘z bayramini nishonlaydi. Ibrohim (alayhissalom) ham sal qolsa o‘g‘lini qurbonlik qilishi mumkin edi. Bu odamlar yilning boshqa kunlarida sizlarning chiqindilaringni tozalaydi.

Kelinglar, haqiqatni tan olamiz — sizlar cho‘chqasizlar.

O‘z ofisingizda o‘tirasiz va hech narsa qilmaysiz. Barcha kirlarni yurtingizga kelgan musulmon tozalaydi. Yo‘llarni ta’mirlaydi. Sizning uyingizni remont qiladi. Sizga yegulik sotadi. Vagonlarga turli narsalarni yuklaydi.

Nahotki biz uchun shunchalik ko‘p hajmdagi ishni bajargan odamlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishning imkoni yo‘q?

Ha, imkoni yo‘q. Sababi, sizlar ulardan qo‘rqasiz.

Sizning aqlingiz, sizning vijdoniningiz, sizning hissiyotlaringiz va tarbiyangiz Qurbon hayitida musulmonlarning qanchaligini ko‘rganda qo‘rquvga burkanadi.

Siz uyingiz yo‘lagida ketayotgan musulmon farroshga baqirishingiz mumkin. Siz do‘kon kassasida o‘tirgan musulmon sotuvchini kamsitishni yaxshi ko‘rasiz. Sizning yo‘lingizni beixtiyor to‘sib qo‘ygan musulmon ishchiga g‘azab bilan qichqirasiz.

Sizdagi qo‘rquv qalbingizda shaytonlar paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi.

Nega siz Qurbon hayitiga qarshi shovqin ko‘tarasiz? Siz qo‘rqoqsiz, sabab faqat shunda.

Ishonmaysizmi? Bahslashmoqchimisiz? Eplay olmaysiz. Men shunchaki bayramga yig‘ilgan musulmonlar sizga xalal berayotgani yolg‘onligini isbotlab beraman.

Deylik yahudiy, buddaviy, baptist yoki boshqa har qanday dindor Qizil maydonga o‘z bayramini nishonlash uchun chiqqanida siz hech narsa demasdingiz.

Bu holatda o‘zingizni juda yaxshi tutardingiz. Jilmayib qo‘yardingiz, rasmga tushardingiz va ular bilan birga xursand bo‘lardingiz. Endi ayting, nega buddaviydan qo‘rqmaysiz?

Nega men bularni yozyapman? Ha, siz o‘z qo‘rquvingiz bilan kurashyapsiz. Yig‘ilgan musulmonlarning aksariyati yaxshi odamlar. Ichingizdagi qo‘rquv-fobiyaga sizni tajovuzkor yoki qo‘rqoq hayvonga aylantirib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymang.

Yaxshisi dindorlar bilan xursandchilik qiling, ularning bayramini nishonlang. Moskvadagi musulmonlar shubhasiz o‘z mehnati bilan hurmatga loyiq insonlar. Ular bu ishlarni aynan biz uchun qilyapti.

Lena MIRO («Jivoy jurnal» blogeri va yozuvchi Yelena Mironenko)

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Musulmonlarga xalal bermang...