Bugungi kunda giyohvandlik umumbashariy muammolardan biriga aylangan. Asr vabosi deb baholanayotgan «oq ajal» qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘lmoqda. Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bo‘lgan farzandlar dunyoga kelmoqda. Afsuski, oramizda oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga raxna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamon uchrab turibdi.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktik tadbirlari jarayonida Tayloq tumani «Jumabozor» MFYda yashovchi fuqaro X.S.ning uyida giyohvand o‘simlik parvarishlayotgani aniqlandi. Bu haqida Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar berdi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida voqea joyida 15 kvadrat metr maydonda parvarishlanayotgan, uch metrdan oshiq bo‘y olgan 19 tup kannabis (nasha) giyohvand o‘simligi ashyoviy dalil sifatida topilgan. Ishchi guruh tomonidan giyohvand modda yetishtirayotgan fuqaro X.S.ning uyi ko‘zdan kechirilganda uyning yerto‘lasida 2353 gramm marixuana saqlanayotganligi aniqladi.
Masalaning e’tiborli tomoni shundaki, ishchi guruh tomonidan noqonuniy tarzda yetishtirilgan giyohvand moddalarni yo‘q qilish jarayonida fuqaro va uning yaqinlari keskin qarshilik qilishgan.
Bugun ichki ishlar idoralari tomonidan joylarda jinoyatchilikni oldini olish borasida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nahotki, Jumabozor mahalla fuqarolar yig‘inida bu borada hech qanday amaliy ishlar bajarilmayotgan bo‘lsa? Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning maslahatchilari, giyohvand moddalarni yetishtirgan fuqaroning qo‘ni-qo‘shnilari bunday noqonuniy xatti-harakatlarga bee’tibor bo‘lib kelgan bo‘lsa?
Aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Tayloq tumani Jumabozor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning giyohvand modda yetishtirish bilan bog‘liq jinoiy harakatiga chek qo‘yildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi