Marg‘ilonda o‘tkazilayotgan "Atlas bayrami" milliy matolar festivalida 2 tonnalik osh tayyorlanmoqda. Bu haqda Facebook foydalanuvchilaridan biri "Xalq bilan muloqot" guruhida xabar qoldirdi, deb yozmoqda Uz24 sayti.
"Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Sayyohlar ham tashrif buyurishgan. Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqeilik 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari o‘rtasida shaxsiy rekordini o‘rnatish maqsadida 2 tonnalik osh pishirishga tayyorlanmoqda va ushbu osh damlandi. Hurmatli guruhdoshlar, palov ustalarini qo‘llab-quvvatlaylik", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Toshkentda “O‘zbegim” festivali doirasida dunyodagi eng katta — 7 tonnayu 360 kg miqdorda palov tayyorlandi va u "Ginnessning rekordlari kitobi"ga kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi