Yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahrida sud eshituvlari boshlanadi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Shveysariyalik tergovchilar kelasi hafta Gulnora Karimova bilan yuzma-yuz ko‘rishish va u bilan bog‘liq korrupsiya va katta miqdorda pul o‘zlashtirish bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekistonga kelishlari rejalashtirilgan edi. Ammo so‘nggi xabarlarga qaraganda, tashrif noma’lum vaqtga qoldirilgan.
O‘zbekiston tomonidan xabar berilishicha, yaqin kunlar ichida Toshkentda Gulnora Karimova ishiga oid sud eshituvi o‘tkaziladi va shu sabab shveysariyalik tergovchilar u bilan ko‘risha olmaydilar.
Hozircha bu haqda boshqa ma’lumotlar keltirilmagan. Qaysi sudda eshituv o‘tkazilishi va Gulnora Karimova qayerda ekanligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSH dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.
Gulnora Karimovaning korrupsiya va pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi